Ommabop kurs

Kompyuter savodxonligi

200 000 so'm/oy
Kursning davomiyligi: 3 oy
Bir oylik kurs 24 akademik soatdan iborat
Kurs uchun to’lov

Kurs haqida

Kurs foydalanuvchilarning keng doirasiga mo’ljallangan: maktab o’quvchilaridan tortib, katta yoshdagilargacha, ayniqsa, ishga joylashish maqsadida kompyuter texnologiyalari soxasidagi o’z bilimlarini mukammallashtirish ishtiyoqidagi kattalar uchun foydali bo’ladi.


Kurs, IT sohasida "boshlang’ich" darajadagi bilimga yoki kompyuterdan foydalanishda birmuncha ko’nikmalarga ega bo'lgan foydalanuvchilar uchun kompyuter savodxonligini o'rgatishga mo'ljallangan. Ikkinchi toifadagi o'quvchilar, o’quv mashg’ulotlari davomida o'z bilimlarini chuqurlashtirishlari, hamda, IT imkoniyatlaridan foydalanib, kasbiy faoliyat bilan bog'liq turli xil amaliy vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo'ladilar.


Kursda qatnashish natijasida nimalarga erishiladi?

• Kompyuterda malakali va ishonchli ishlash;
• Ofis dasturlari va Internet bilan ishlashning eng oddiy ko'nikmalariga ega bo'lish;
• Amaliy masalalarni hal qilishda IT imkoniyatlarini muvaffaqiyatli qo'llash.


Buning barchasi:

• yangi kasbni egallash yoki martabada o'sish uchun asos bo'lib xizmat qiladi;
• kundalik vazifalarni bajarishni osonlashtiradi;
• IT imkoniyatlaridan ishonch bilan foydalanish zavq bag’ishlaydi, so’zlashuv imkoniyatlarini kengaytiradi.

O’qituvchilar

Barcha o’quv markazlarimizda, o’z ishining ustalari, IT sohasidagi xalqaro tajribaga ega professional mutaxassislar faoliyat yuritadi. Ularni, ambitsiya hamda doimiy ravishda, mijozlar kutganidan yuqori bo’lgan talablar darajasi o’zaro birlashtiradi.

Sertifikatsiya

IT-Passport sertifikatlash tizimi bo'lib, u o’quvchi tajribali mutaxassis bo’lish yoki bo’lmasligidan, mavjud ko’nikmalarni rivojlantirishidan qat’iy nazar, IT mutaxassislari orasida ajralib turish imkoniyatini yaratadi. Sertifikatlashtirish dasturiga qarab, sertifikat olish uchun bir yoki bir necha imtihonlardan muvaffaqiyatli o’tish lozim. Sertifikatlash imtihonlaridan muvaffaqqiyatili o’ting va IT-Passport bo’yicha sertifikatlangan mutaxassis maqomini qo'lga kiriting.


Ro’yhatdan o’tish

Boshqa kurslar