Ommabop kurs

Mobil robototexnika

200 000 so'm/oy
Kursning davomiyligi: 6 oy
Bir oylik kurs 24 akademik soatdan iborat
Kurs uchun to'lov

Kurs haqida

Robototexnika kursida 1-11 sinf o'quvchilari robotlar yaratib, ularga gapirish, harakatlanish, buyruqlarga javob berish va hatto uchishni o'rgatadilar. O'qituvchilar robotni qanday yaratish va dasturlashni o’rgatadilar.


Birinchi robototexnika darslarida elektronika asoslari o'rganiladi: bolalar elektr toki nima ekanligini, svetodiodlarni ulash, rezistorlar, harakat sensorlari va boshqa elektron komponentlar bilan ishlashni bilib oladilar. Ushbu darslarda bolalar o'zlari ixtiro qilgan elektron loyihalarni yaratishi mumkin (masalan, pianino yoki avtomatik suv purkagich).


Bilim darajasiga qarab, bola, o’zining o'qish yo'nalishini tanlaydi. Har bir robototexnika sinfida Lego (6-8 yoshdagi bolalar uchun) va Arduino asosidagi (8-10 yoshdan katta o'quvchilar uchun) robotlashtirilgan to'plamlar mavjud.

Ushbu platformalarda aqlli uylar, robotlashtirilgan manipulyatorlar yoki robot-mashina yaratish mumkin. Bolalar o'z ishlanmalarini Lego yoki Arduino (yoshga mos ravishda) maxsus dasturlash muhiti asosida mustaqil ravishda dasturlashadi. Shuningdek, ular o'z robotlarini markazning dastgoh asboblari va 3D-printerlari yordamida qo'lbola uskunalar yordamida yaratishlari mumkin.

O’qituvchilar

Barcha o’quv markazlarimizda, o’z ishining ustalari, IT sohasidagi xalqaro tajribaga ega professional mutaxassislar faoliyat yuritadi. Ularni, ambitsiya hamda doimiy ravishda, mijozlar kutganidan yuqori bo’lgan talablar darajasi o’zaro birlashtiradi.

Sertifikatsiya

IT-Passport sertifikatlash tizimi bo'lib, u o’quvchi tajribali mutaxassis bo’lish yoki bo’lmasligidan, mavjud ko’nikmalarni rivojlantirishidan qat’iy nazar, IT mutaxassislari orasida ajralib turish imkoniyatini yaratadi. Sertifikatlashtirish dasturiga qarab, sertifikat olish uchun bir yoki bir necha imtihonlardan muvaffaqiyatli o’tish lozim. Sertifikatlash imtihonlaridan muvaffaqqiyatili o’ting va IT-Passport bo’yicha sertifikatlangan mutaxassis maqomini qo'lga kiriting.


Ro'yhatdan o'tish


Boshqa kurslar