Ommabop kurs

Davlat organlari xodimlarining malakasini oshirish

Kursning narxi 447 000 so'mdan 670 000 so'mgacha
Guruh 20 nafar o’quvchidan iborat
Kurs uchun to'lov

Kurs haqida

Davlat organlari xodimlarining axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va malakalarini oshirish o‘quv kurslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2020 yil 11 may kuni «Raqamli iqtisodiyot va Elektron hukumatni rivojlantirishning ustuvor vazifalari to‘g‘risida»gi yig‘ilishning 32-son bayoniga asoslanib, davlat organlari va tashkilotlarning mas'ul rahbar xodimlarini Raqamli texnologiyalar va dasturiy mahsulotlardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini oshirish uchun ishlab chiqilgan.


O‘quv kursining asosiy maqsad va vazifalari bu davlat organlari va tashkilotlar raxbarlari, ularning o‘rinbosarlari, mutaxassislarini axborot texnologiyalarining dasturiy va apparat ta'minoti, ish joylaridagi mahsus ilovalar, shu jumladan komp'yuter hamda internet tarmog‘idan samarali foydalanish, tashkilot va idoralarning biznes jarayonlari reinjiniringi to‘g‘risidagi bilimlarini shakllantirish, «Raqamli iqtisodiyot va Elektron hukumat» «Rakamli tashkilot» tushunchalari to‘grisida keng ma'lumotlar bilan tanishtirish.

O’qituvchilar

Kurslar zamonaviy texnologiyalardan foydalangan xolda, respublikamizning Toshkent Axborot Texnologiyalari universiteti (TATU) va Toshkent shahridagi ixtisoslashgan xorijiy universitet filiallarining professor-o‘qituvchilari va yuqori malakali trener-mutaxasislari tomonidan amalga oshiriladi.

Sertifikatsiya

IT-Passport sertifikatlash tizimi bo'lib, u o’quvchi tajribali mutaxassis bo’lish yoki bo’lmasligidan, mavjud ko’nikmalarni rivojlantirishidan qat’iy nazar, IT mutaxassislari orasida ajralib turish imkoniyatini yaratadi. Sertifikatlashtirish dasturiga qarab, sertifikat olish uchun bir yoki bir necha imtihonlardan muvaffaqiyatli o’tish lozim. Sertifikatlash imtihonlaridan muvaffaqqiyatili o’ting va IT-Passport bo’yicha sertifikatlangan mutaxassis maqomini qo'lga kiriting.


Ro'yhatdan o'tish

Boshqa kurslar